Husanovning jamoadoshiga ikkita katta xaridor chiqdi

  • 14 mart, 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Fil Foden faoliyatini Evropaning boshqa grand klublarida davom ettirishi mumkin.

Tecno

24 yoshli futbolchining atrofidagi vaziyatni “Real” va “Bavariya” sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Agar “Manchester Siti” rahbariyati o‘z tarbiyalanuvchisini qo‘yib yuboradigan bo‘lsa, ispan va nemis grandlari muzokara boshlashga tayyor bo‘lib turibdi.

El Nacional nashrining yozishicha, ayni paytda angliyalik futbolchining asl narxi 120 million funt, ya’ni 145 million evroga baholanmoqda. Biroq ekspertlar bu summa xaridorlarni “cho‘chitib” yuborishi mumkinligini ta’kidlayapti.

Manbaga ko‘ra, “Real” tez orada “qariya” o‘yinchisi Luka Modrichning o‘rnini bosadigan o‘yinchi topishi talab etiladi. “Bavariya” esa, oldingi chiziqqa kreativ g‘oyalarni olib kiradigan futbolchi qidiryapti. Har ikki grand talablariga Foden javob beradi.

O‘z navbatida, “Manchester Siti” yozda “Bayer”dan Florian Virtsni olishni reja qilgan. Agar bu transfer amalga oshsa, bu Fodenning ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!