Husanovning raqobatchisiga xushxabar

  • 28.08.2025 17:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yoz oxiriga kelib, Evropa futbolida transferi bozori ancha jonlanib qoldi. Avlodlar almashinuvi jadal davom etayotgan “Manchester Siti” bir necha chiqish transferlari ustida ish olib bormoqda.

Xususan, Xosep Gvardiola yoshi katta o‘yinchilar o‘rniga asosan iste’dodli yoshlar xizmatidan foydalanishga e’tibor qaratmoqda. Evropa futboli manbalari jamoaning Ilkay Gyundog‘an, Ederson, Shtefan Ortega, Manuel Akanji kabi tajribali o‘yinchilariga da’vogarlar ko‘pligini va muzokaralar davom etayotganini yozmoqda.

“Manchester Siti” 30 yoshli shveytsariyalik markaziy himoyachi Manuel Akanjini sotib yuborishga qaror qilgan. Nufuzli manba –  esteemedkompany.com portali ekspert Adam Marrettning ta’kidlashicha, klubning bu qarori Xosep Gvardiola Akanjining o‘rniga yangi mavsumda Abduqodir Husanovni ko‘proq o‘ynatishni maqsad qilgani bilan bog‘liq.

“Shaharliklar” yaqinda “Galatasaroy”ning Akanji bo‘yicha 15 million funt sterling badal summasi ko‘rsatilgan taklifini qabul qilgandi. Biroq Manuelning o‘zi Turkiya Superligasiga ko‘chib o‘tish variantini ma’qullamay turibdi.

Shu voqeadan keyin Akanji oldida yangi loyihalarga yo‘l ochildi. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, shveytsariyalik himoyachi bilan  Italiyadan “Milan”, Germaniyadan “Bayer” va Angliyaning o‘zidan “Kristal Pelas” hamkorlik shartnomasini berishga tayyor.

Ayni paytda Akanji keyingi faoliyatini qaerda davom ettirish haqida bosh qotiryapti. Uning “Manchester Siti” bilan amaldagishartnomasi yana ikki yil davom etadi.

“Manchester Siti”ning transferi o‘xshamayapti

“Manchester Siti” mutasaddilari PSJdan italiyalik darvozabon Janluiji Donnarummani olish bo‘yicha muzokara o‘tkazayotgan edi.

“Shaharliklar” 26 yoshli posbon bilan shaxsiy shartnomani kelishib bo‘lgan va hamkorlikning har mavsumi 12 million evro maoshga kelishilgan. Donnarumma klubdan ketishini aytib, parijlik muxlislar bilan xayrlashib ham qo‘ydi.

Klublar o‘rtasidagi muzokaralarda “Pari Sen-Jermen” avvaliga 50 million evroga baholangan darvozabon uchun badal to‘lovini 30-35 million evrogacha tushirdi. Biroq manchesterliklar bir yillik shartnomasi qolgan Donnarumma uchun PSJga 15 million evro taklif qildi.

Jurnalist Devid Ornshteynning yozishicha, mana shu taklifdan keyin har ikki klub o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtab qoldi. Transfer oxiriga etgani yo‘q. Parij klubi vakillari ertami-kechmi bu transfer amalga oshishiga umid qilmoqda.

“Manchester Siti”ning qarori “Real” yulduzi Rodrigoning yo‘lini yopdi

“Manchester Siti” yozgi transferlar davrida hujum chizig‘ida jiddiy o‘zgarish qilmoqchi edi. Gap shundaki, “shaharliklar”ning 21 yoshli hujumkor futbolchisi Savioga “Tottenxem” xaridor bo‘ldi.

“Shporlar” hujum salohiyatini oshirish maqsadida Savio uchun avval 56 million evro pul tikdi. Keyin bu summa 70 million evrogacha ko‘tarildi.

“Manchester Siti” Savio o‘rniga “Real”dan ketishga rozilik bergan Rodrigoni olib kelishni mo‘ljallagandi. Yoz oxiriga kelib, klub jiddiy qarorlarni qabul qildi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, “Manchester Siti” mutasaddilari “Tottenxem”ga Savioni hozircha hech qanday narxga sotmasligini ma’lum qildi. Bu qaror o‘z-o‘zidan Rodrigoning Manchesterga yo‘lini yopdi.

Gvardiola Italiyadagi yulduzni kutyapti

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa tarkibini yanada kuchaytirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilarni tanlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

Caught Offside nashrining yozishicha, “shaharliklar” jamoaga “Atalanta” hujumchisi Ademola Lukmanni olib kelish variantlarini o‘rganib chiqmoqda. Aslida 27 yoshli forvardga “Inter” asosiy da’vogar edi.

Manbaning ma’lum qilishicha, milanliklar Lukman transferi bo‘yicha bergamoliklar bilan badal summasini kelisha olmagan va transfer barbod bo‘lgan.

Nigeriyalik futbolchiga avvaldan “Arsenal” va “Chelsi” ham qiziqish bildirayotgan edi. Biroq ular amaliy harakatlarga o‘tgani yo‘q.

 Transfermarkt portali ekspertlari Lukmanning narxini 60 million evroga baholayapti. Uning “Atalanta” bilan shartnomasi yana ikki mavsum davom etishi belgilangan.

Fayzullaev uzoq tanaffus olishga majbur bo‘ldi

Husanov bor, bu yulduz kerak emas!

Gvardiola Husanov bo‘yicha qarorini aytdi

Gvardiola, Husanovdan voz kechib, katta xato qilding!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!