Husanov bor, bu yulduz kerak emas!

  • 28 avgust, 08:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” 2025-2026 yilgi mavsumni “Vulverxempton” ustidan qozonilgan ajoyib g‘alaba va kutilmaganda “Tottenxem”dan uchralgan alamli mag‘lubiyat bilan boshladi.

Tecno

“Shaharliklar”ning chempionat boshidagi o‘yinlarini tahlil qilishgan kirishgan nufuzli manbalar, xususan, esteemedkompany.com portali ekspertlari jamoada jiddiy o‘zgarishlar davom etayotganini alohida e’tibor qaratdi.

Sports.uz portali ushbu tahliliy maqolani o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etishni ma’qul topdi.

- Xosep Gvardiola Premer-liganing dastlabki ikki o‘yiniga tanlagan tarkibga e’tibor qaratsak, jamoada avlodlar almashinuvi kechayotgani yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu jarayonda murabbiylar shtabi tajribali yulduzlarga emas, aksincha iqtidorli yoshlarga suyanmoqda.

Ko‘pchilikni hayron qoldirgan masala – jamoaning tajribali yulduzlari Ilkay Gyundog‘an va Manujl Akanji yangi mavsumda hali biror marta maydonga tushirilmadi. “Vulverxempton”ga qarshi bahsda ular zaxirada qoldirilgan bo‘lsa, “Tottenxem” bilan uchrashuv oldidan har ikkisi ham o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.

“Vulverxempton” maydonidagi bahsning ikkinchi bo‘limida Xosep Gvardiola himoya markaziga ko‘pchilik kutganidek Manuel Akanjini emas, balki yosh Abduqodir Husanovni tushirdi. Yarim himoyadagi o‘zgarishlar natijasida maydonda Ilkay Gyundog‘an emas, Niko O’Reyliga imkoniyat berildi.

“Tottenxem”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda Gyundog‘an va Akanjining qaydnomaga kiritilmaganini bu ikki yulduz tez orada klubdan ketishidan darak sifatida baholanyapti. Turkiyaning “Galatasaroy” klubi bu o‘yinchilarni anchadan beri o‘z safiga chorlab keladi.  Biroq boshqa da’vogarlar ham yo‘q emas.

Sky Sports News  nashri Angliya Premer-ligasi vakili “Kristal Pelas” Manuel Akanjini so‘rab, “Manchester Siti” rahbariyatiga murojaat qilganini yozdi. FCInterNews va TuttoSport kabi manbalar Ilkay Gyundog‘anni  A Seriyaning bir necha klublari hamkorlikka chaqirayotganini ma’lum qildi.

Xosep Gvardiola mavsum boshidayoq katta tajribaga ega bo‘lgan futbolchilar o‘rniga Husanov va Niko O’Reyli kabi yosh ijrochilarni tushirayotgani jamoa tarkibini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi va “Manchester Siti”da avlodlar almashinuvi jadallashib borayotganidan dalolat beradi.

“Manchester Siti”ning yakuniy tarkibi 1 sentyabr kuni transfer oynasi yopilganidan keyin to‘liq aniqlanadi. Agar Ilkay Gyundog‘an va Manuel Akanji klubni tark etadigan bo‘lsa, bu kutilmagan yangilik sifatida baholanmaydi. Ular qolgan taqdirda ham, etarli darajada o‘yin amaliyoti berilmasligi hozirdan ma’lum. Chunki Xosep Gvardiola jamoasida yangi davr boshlanmoqda, - deb yozdi esteemedkompany.com portali ekspert Adam Marrett.

Gvardiola Husanov bo‘yicha qarorini aytdi
Husanov, ana raqobatdan qutilding!

Gvardiola, Husanovdan voz kechib, katta xato qilding!

“Siti”ni mag‘lubiyatdan Husanov qutqara olardi!

Husanov o‘ynagan uchrashuvda Gvardiola nimalar yoqmaganini aytdi!

Husanov bo‘yicha Gvardiola yangi reja tuzib qo‘ydi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!