Husanovning yoniga katta klublarda o‘ynagan himoyachi keladi

  • 6 mart, 20:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” mutasaddilari yozgi transferlar davrida ham jamoa tarkibini yangilashni davom ettiradi. Xosep Gvardiola joriy mavsumda jamoa duch kelgan inqirozni tarkibga yangi ijrochilarni olib kelish orqali hal qilishga qaror qilgan.

Tecno

Eng muammo nuqtalardan biri himoya chizig‘i bo‘lib turibdi. Hozirning o‘zida Natan Ake, EJon Stounz va Manuel Akanji uzoq muddatga safda chiqqan.

“Shaharliklar” yozda Teo Ernandesni olib kelmoqchi. Frantsiyalik futbolchining “Milan”dagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.

EsDiario nashrining yozishicha, chap qanot himoyachisining yana bir yillik shartnomasi bor. Biroq klub ichidagi vaziyat uni jamoadan ketishini taqozo qilmoqda.

27 yoshli o‘yinchi atrofida yuzaga kelgan holatdan “Manchester Siti” foydalanib qolishi mumkin. Teoning mahoratiga gap bo‘lishi mumkin emas. “Atletiko” tarbiyalanuvchisi bu klubdan tashqari, “Alaves”, “Real Sosedad”  va “Real Madrid”da o‘ynab katta tajriba to‘plagan. “Milan”ga 2019 yilda kelgan o‘yinchining muhitni o‘zgartiradigan davri yaqinlashib qoldi.

“Manchester Siti” Teo Ernandesni jamoaga qo‘shib olish uchun milanliklarga 35 million evro miqdorida bajal puli to‘lamoqchi. Himoyachi ham “Milan”ni tark etishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Faxriddin
07/03/2025 20:39
Кўп хато ёзиляпти. Бадал "бажал" бўлиб хато кетибди. Эътиборлироқ бўлиш керак.