IBA Jahon chempionati. Bugun 11 nafar bokschimiz yarim final uchun jang qiladi

  • 10.12.2025 12:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Kun davomida 11 nafar bokschilarimiz yarim final uchun ringga ko‘tariladi.

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziev - Subxan Mamedov (Ozarbayjon);

-54 kg: Asilbek Jalilov - Artur Nagapetyan (Serbiya);

-60 kg: Abdumalik Xalokov - Mahammadali Ashiraliev (Ozarbayjon);

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Sanatali Toltaev (Qozog‘iston);

-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon);

-86 kg: Akmaljon Isroilov - Sharabutdin Ataev (Rossiya);

+92 kg: Arman Maxanov - Alexandro Lopez (Kuba);

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Meroj Sufijonov (Tojikiston);

-57 kg: Xo‘janazar Nortojiev - Jirair Sarisyan (Armaniston);

-80 kg: Javohir Ummataliev - Artyom Ageev (Serbiya);

-92 kg: To‘rabek Xabibullaev - Xulio Sezar La Kruz (Kuba);

Janglar Toshkent vaqti bilan 18:00 da va ikkinchi dastur 22:00 da start oladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!