IBF tashkiloti Murodjon Ahmadalievga bergan tibbiy istisnosi Marlon Tapalesga qarshi himoya jangini yana to‘xtatib qo‘ydi

  • 28 oktabr, 2022, 15:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) WBA va IBF kamarlari egasi Murodjon Ahmadaliev va IBF yo‘nalishida majburiy da’vogar, filippinlik Marlon Tapales o‘rtasida himoya jangiga buyruq berilgan edi. IBF muzokaralar olib borish uchun har ikkala tomonga 25 oktyabrga qadar muddat berganligi haqida xabar berilgan.

Tecno

Esingizda bo‘lsa, Ahmadaliev o‘zining Ronni Riosga qarshi so‘nggi jangida qo‘lidan jiddiy jarohat olgan edi. Boxingscene.com sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Murodjon Ahmadalievning jamoasi tashkilotga tibbiy xulosalarni taqdim etgan. Ushbu taqdim etilgan hujjatlardan so‘ng, IBF qoidalariga ko‘ra Ahmadalievga yana qo‘shimcha 60 kun muddat berildi va tashkilotning himoya jangi bo‘yicha yakuniy qarori ushbu muddatdan so‘ng e’lon qilinadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!