Ibragimovich 41 yoshigacha "Milan"da o‘ynashi mumkin

  • 9 fevral, 2021, 21:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Milan" rahbariyati jamoa hujumchisi Zlatan Ibragimovichni tarkibda saqlab qolmoqchi. Bu haqda La Gazzetta Dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” 39 yoshli futbolchiga 2022 yilning yozigacha tuzilgan yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Ammo yangi kelishuv imzolansa, Zlatanning 7 million evrolik maoshi biroz kamayadi. Ibragimovich ham Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun "Milan"da qolishga tayyor.

Zlatan Ibragimovich joriy mavsum "Milan"da 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!