Ibragimovich abadiy o‘ynay oladi

  • 3 oktabr, 2021, 15:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli shvetsiyalik shogirdi - Zlatan Ibragimovich haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

39 yoshli hujumchi ayni damda jarohatidan tiklanishining so‘nggi bosqichini o‘tkazmoqda.

“Zlatan hali uzoq vaqt porlay oladi, demoqchi emasman. Lekin men ko‘rganlarim va uning ishtiyoqiga asoslanib aytamanki, Ibragimovich abadiy o‘ynay oladi.

Shunday bo‘ladiki, ba’zi o‘yinlarga u yuz foiz tayyor bo‘lmaydi. Ammo Zlatanning ishtiyoqi cheksiz. U o‘z ishini yaxshi ko‘radi”, - dedi Pioli.

“Rossonerilar” bosh murabbiyining qo‘shimcha qilishicha, Zlatan bugun bo‘ladigan "Atalanta"ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!