
Ibragimovich MLSda yana bir super gol muallifiga aylandi (video)
“Los-Anjeles Gelaksi” kulbi forvardi Zlatan Ibragimovich MLSning “Nyu-Inglend Revolyushn” (1:2) jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsida o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
37 yoshli shvetsiyalik futbol yulduzi bu safargi golini qaychi uslubida kiritdi.
Ma’lumot uchun, Ibragimovich joriy mavsum MLSda jami 12ta o‘yinda maydonga tushdi va 11ta gol hamda 3ta assistga mualliflik qildi.
Fikrlar