Ibragimovich muhim uchrashuvda "Milan"ga yordam berolmaydi

  • 27.09.2021 18:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan "Atletiko"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, shvetsiyalik futbolchi hali ham jarohatidan to‘liq tiklanmagan va hali ham og‘riq his qilyapti. Shu sababli ham u umumiy guruhda shug‘ullanmayapti.  

Ibragimovich oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan so‘ng safga qaytishi kutilmoqdq.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" – "Atletiko" bahsi 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

39 yoshli Ibragimovich joriy mavsum "Milan" safida 1 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!