
Ibragimovichning dubli "Milan"ga yordam bermadi
Italiya chempionati 13-turida "Fiorentina" hamda "Milan" jamoalari o‘zaro duch keldi. Ushbu bahsda maydon egalari raqibdan 4:3 hisobida ustun keldi.
Florentsiyaliklar safida Dunkan va Rikkardo bittadan gol urgan bo‘lsa, Vlaxovich dubl qayd etdi. "Milan" safida esa Ibragimovich Dushan singari dublni rasmiylashtirdi. Bundan tashqari, o‘yin yakuniga yaqin Venuti o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.
32 ochkoga ega milanliklar bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng ham A Seriya turnir jadvalida 2-o‘rinda qoldi. Ochkolarini 21 taga etkazib olgan "Fiorentina" 6-pog‘onaga ko‘tarilib olishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar