
Ibragimovichning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovichning olgan jarohati kutilganidan jiddiy bo‘lib chiqdi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, shvetsiyalik futbolchi 9 fevral kuni “Latsio”ga qarshi bo‘ladigan Italiya kubogi chorak final bahsi hamda 13 fevral kuni A Seriyaning 25-turidan o‘rin olgan “Sampdoriya”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, Zlatan o‘tgan oy “Yuventus”ga qarshi bo‘lgan bahsda jarohat olgan edi. Shu sababli u “Inter”ga qarshi derbini ham o‘tkazib yubordi.
Ibragimovich joriy mavsum “Milan” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar