
Ibragimovichning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
"Milan" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 38 yoshli shvedning son mushaklari jarohatlangan, ammo vaziyat u qadar jiddiy emas. Zlatanning sog‘ayishi uchun taxminan 10-30 kun talab etiladi.
Ibragimovich “Milan”ga qishki transferlar davrida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar