Ibrohimovich o‘z xizmatlarini PSJga taklif qildi

  • 3 dekabr, 2021, 20:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan”ning bugungi kundagi eng mashhur hujumchisi Zlatan Ibrohimvich “Adrenalina” deb nomlangan avtobiografiya asarida o‘tgan yoz o‘z xizmatlarini “Pari Sen-Jermen”ga taklif qilganini oshkor qildi.

- 2021 yilning yozi. Men PSJga sport direktori bo‘lishni taklif qildim. Nasser Al-Xelaifiyga qo‘ng‘iroq qilib, "Agar men “Milan” bilan shartnomani uzaytirmasam, PSJga o‘tib, jamoa ishlarini tartibga solib qo‘yaman”, dedim. U kulib yubordi, lekin “yo‘q” demadi, - deb yozadi Zlatan Ibrohimovich.

40 yoshli hujumchi faoliyatini “Milan”da davom ettiradigan bo‘ldi va joriy mavsumda 12 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!