
Igor Golban safga qaytdi. U Namangandagi ochilish o‘yinida ishtirok etishi mumkin
Xabaringiz bor, "Navbahor" klubi himoyachisi Igor Golban jarohat olib safdan chiqqandi. Shu bois xorijlik futbolchi bir necha turni o‘tkazib yubordi.
Ayni paytda tajribali himoyachisi Igor Golban jarohatidan forig‘ bo‘lib, “Navbahor” tarkibiga qo‘shilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Golban bugundan mashg‘ulotlarga kirishadi.
Qolaversa, futbolchi 4 may, shanba kuni Namangandagi "Markaziy" o‘yingohdagi ochilishi uchrashuvida ishtirok etishi mumkin.
Fikrlar