Igor Shkvirin "Turon" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

  • 23 iyun, 2021, 19:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga debyutanti –  “Turon”  klubida navbatdagi bosh murabbiy o‘zgarishi yuz berdi.

Tecno

Sports.uz ma’lumotiga qaraganda, bir necha daqiqa oldin klubda yig‘ilish o‘tkazilgan bo‘lib, unga ko‘ra, Igor Anatolevich Shkvirin “Turon” jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.

Bunga qadar ushbu mutaxassis AGMK klubida selektsioner murabbiy sifatida ishlab kelayotgandi. Endi bor e’tiborini “Turon” klubiga qaratadi.

shkvirin1

Bilasiz, avvaliga Islom Ismoilov bosh murabbiy sifatida ishladi va 8-turdan keyin iste’foga chiqdi. So‘ngra, uning o‘rnini polshalik Boguslav Baniak vaqtincha egalladi. Lekin jamoa mag‘lubiyatlar girdobidan chiqib keta olmadi. Ma’lum bo‘lishicha, Baniak klubda yana oldingidek tahlilchi murabbiy sifatida ishini davom ettiradi.

“Turon” ortda qolgan 10 ta uchrashuvda 3 ta durang va 7 ta mag‘lubiyat qayd etib oxirgi o‘rinda boryapti.

25 iyun kuni “Turon” klubi Superliganing 11-tur doirasida o‘z maydonida “Mash’al”ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!