Iguain "Roma"ga o‘tadi
Rimning "Roma" klubi tez orada "Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguainni sotib oladi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ikkala jamoa ushbu transfer bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Biroq, tuninliklar bu masalada argentinalik futbolchini ko‘ndirishlari lozim.
Eslatib o‘tamiz, Iguain o‘tgan mavsumni ijara asosida “Milan”da boshlab “Chelsi”da yakunladi.



Fikrlar