Ikardining xotini unga yangi jamoa topib qo‘ydi
"Pari Sen-Jermen"ning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi jamoasini o‘zgartirishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Santi Auna.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, futbolchining turmush o‘rtog‘i va agenti hisoblangan Vanda Nara "Yuventus" prezidenti Andrea Anelli bilan uchrashib, argentinalik futbolchining ijaraga olish masalasini muhokama qilgan. Qayd etilishicha, Turin klubi ham bu transferga qarshi emas.
Ikardi joriy mavsum PSJ safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.



Fikrlar