
Iliya Topuriya: "Charlz Oliveyraning jag‘ini sindiraman"
UFC yulduzi Iliya Topuriya (16-0) braziliyalik Charlz Oliveyra(35-10-1 N/C)ga qarshi jang haqida gapirdi.
"Engil vaznda chempion bo‘lish vaqti keldi. Men bu kamarga ega bo‘lmoqchiman. Bu - mening yilim. Mazkur divizionda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Ko‘rasiz, bo‘lajak bahsda ham Oliveyraning jag‘ini sindiraman. Zarbalarim juda dahshatli bo‘ladi" - dedi sobiq chempion.
Eslatib o‘tamiz, Topuriya va Oliveyra 29 iyun kuni "UFC 317" turnirida engil vazndagi vakant kamar uchun o‘zaro jang qiladi.
Fikrlar