Iliya Topuriya engil vazndagi debyuti uchun ikkita ehtimoliy raqib nomini aytdi

  • 28 mart, 13:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Avvalroq, UFC yulduzi Iliya Topuriya engil vazn toifasiga o‘tishini ma’lum qilgandi. Bugun "Afsona" debyut jangida to‘qnashishi mumkin bo‘lgan  ehtimoliy raqiblarini aytib o‘tdi.

Tecno

"Barcha tayyorgarligim Islom Maxachev va Charlz Oliveyraga qaratilgan, ulardan boshqa jiddiy raqibni ko‘rmayapman. Biroq bu ikki yigit ham men bilan jangga rozilik bildirmayapti. Negadir sukut saqlashmoqda. Bundan bir necha hafta oldin "Iliya bu divizion uchun kichiklik qiladi, g‘alabalari ham etarli emas" deyuvchilar qayoqqa ketdi? Menimcha, bu gaplar qo‘rquv belgilari. Ammo ularni ham to‘g‘ri tushunish kerak, o‘rnida bo‘lganimda men ham qo‘rqib ketardim" - dedi gruziyalik.

Eslatib o‘tamiz, Topuriya oxirgi jangida Maks Xolloueyni 3-raundda nokaut qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!