Imperator Rimga qaytmoqda!

  • 23 sentabr, 2020, 17:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" sobiq sardori Franchesko Totti klubga qaytishi kutilmoqda. Bu haqida "Corriere dello Sport" manbasiga tayanib, "Football Italia" xabar bermoqda.

Tecno

43 yoshli italyan rimliklar rahbariyatidan o‘rin olishi mumkin. Bu vitse-prezident yoki texnik direktor vazifasi bo‘ldadi. Shuningdek, nashrning ma’lum qilishicha, Franchesko "Roma" bosh direktori Gvido Fienga bilan doimiy muloqotda. Biroq u rimliklarning yangi egalari bilan hali uchrashmagan.

Franchesko Totti 619 o‘yin o‘tkazib, 250 ta gol muallifiga aylangan. Bundan tashqari, Totti "Rim imperatori" laqabi bilan ham mashhur.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!