"Inter" futbolchisini APL jamoalari talashmoqda

  • 20.12.2025 16:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" himoyachisi Denzel Dyumfris uchun APLning uchta jamoasi raqobatlashmoqda. Bu haqda "TEAMtalk" nashri xabar berdi.

Tecno

Manbada yozilgan ma’lumotga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted", "Aston Villa" va "Nyukasl" jamoalari qiziqish bildirmoqda. APL klublari Dyumfris yaqinda jarohat olganiga qaramay, uni o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda. Ingliz jamoalari Denzel bahorda jarohatdan tuzalgach, uning o‘yinini kuzatib bormoqchi. Agar vaziyat ijobiy rivojlansa, yozda unga shartnoma taklif qilishni reja qilishgan.

29 yoshli futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 35 million evroni tashkil etadi. Uning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Dyumfris joriy mavsum "Inter" safida jami 17 uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta gol kiritishinterga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!