"Inter" ikki futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" yarim himoyachi Nikolo Barella va himoyachi Franchesko Acerbi bilan shartnomani uzaytiradi. Bu haqda "La Gazetta dello Sport" xabar bermoqda.

Acherbining "neradzurrilar" bilan shartnomasi yana 1 yilga mo‘ljallangan. Shu tariqa, italiyalik futbolchi 2026 yilning yoziga qadar klubda qoladi.

Barella "qora-ko‘klar" bilan shartnomasini 2029 yilning iyunigacha uzaytiradi. Uning maoshi yiliga 7 million evrogacha oshadi.

Avvalroq, “Inter”ning ikki nafar futbolchisi klubni tekinga tark etishi xabar qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!