
“Inter” eng yorqin yulduziga katta narx belgiladi
“Inter” rahbariyati Evropaning bir necha klublari nishonida turgan Lautaro Martinesni qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirdi.
Milanliklar argentinalik hujumchini kamida 80 million evroga sotib yubormoqchi. Asosiy xaridor sifatida “Atletiko” tilga olinmoqda. To‘purar hujumchiga ehtiyoj sezayotgan Diego Simeone o‘z hamyurtimining muxlisi hisoblanadi.
24 yoshli futbolchining o‘zi Milandagi hayotidan mamnun. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi. Lautaro joriy mavsumda 39 ta uchrashuvda 16 ta gol urdi.
“Inter” klubi o‘tgan yili asosiy to‘purari Romelu Lukakuni 97,5 million evroga sotib yuborgandi. Milanliklar katta mablag‘ taklif qilinsa, har qanday o‘yinchini qo‘yib yuborishdan qo‘rqmaydi.
Fikrlar