
"Inter" Masharipovning jamoasiga ketayotgan Brozovichga o‘rinbosar topib qo‘ydi
"Sassuolo" yarim himoyachisi Davide Frattezi faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “neradzurrilar” klubi 23 yoshli italiyalik futbolchini “An-Nasr”ga o‘tayotgan Brozovichning o‘rniga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda yarim himoyachiga Italiyaning boshqa bir klubi – “Milan” ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Frattezi o‘tgan mavsum “Sassuolo” tarkibida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.
Fikrlar