"Inter" xo‘jayini: Buni Lukakudan boshqa hech kim aytmagandi

  • 17 may, 2023, 12:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Inter" prezidenti Stiven Chjan joriy mavsum boshlanishidan oldin hujumchi Romelu Lukaku bilan bo‘lgan suhbati haqida gapirdi. Belgiyalik futbolchi o‘shanda klub rahbariga bu mavsum jamoa Chempionlar ligasi finaliga chiqishini aytgan. Ta’kidlash keraki, kecha "Milan"ni ikkinchi o‘yinda ham mag‘lub etgan "Inter" haqiqatan ham 2010 yildan beri ilk bor Chempionlar ligasi finaliga chiqdi.

“Agar menga bu mavsumda Chempionlar ligasi finaliga chiqamiz, desangiz, ishonmasdim. Dastlab ishongan yagona odam Romelu Lukaku edi. U buni menga jamoaga qaytishi bilanoq aytgan”, — dedi Chjan Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Lukaku joriy mavsum “Inter” safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol hamda 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!