
"Inter"dan g‘alaba. Hozircha A Seriyada chempion bo‘lish uchun yaqqol favorit yo‘q! (turnir jadvali)
A Seriya 32-turidan o‘rin olgan "Inter" - "Verona" uchrashuvi yakunlandi. Unda milanliklar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Rossonerilar" safida Barella hamda Jeko gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Inzagi shogirdlari hisobidagi ochkolari sonini 66 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Milan"dan 1 ochko ortda. 45 ochkosi bor "Verona" 9-o‘rinni band etgan.
Fikrlar