
Isko A Seriya klubiga o‘tishi mumkin
"Real" yarim himoyachisi Isko "Fiorentina"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi FIFA kunlari vaqtida oilasi bilan Florentsiyaga ta’tilga kelgan. Balki u “Fiorentina” vakillari bilan uchrashgandir. Futbolchining “Real” bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi, shuning uchun u klubini erkin agent sifatida tekinga tark etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Isko joriy mavsum “Real” safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Fikrlar