
Islam Maxachevning navbatdagi raqibi kim bo‘lishi mumkin?
Taniqli jurnalist va insayder Ariel Xelvani engil vazn toifasida (70 kg gacha) UFC chempionlik kamarining amaldagi sohibi rossiyalik Islam Maxachevning navbatdagi raqibi kim bo‘lishini aytdi.
“UFC Islam Maxachev va Arman Tsarukyan o‘rtasidagi revansh jangini tashkil etish ustida ishlamoqda. Sana hozircha e’lon qilinmagan”, - dedi Xelvani “The MMA Hour” shousida.
Eslatib o‘tamiz, Islam Maxachev so‘nggi jangini 2 iyun kuni UFC 302 turniri doirasida Nyuarkda amerikalik mashhur jangchi Dastin Porega qarshi o‘tkazgan edi. Jang rossiyalik jangchining beshinchi raundda bo‘g‘ish usulida bilan qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan yakunlangan. Maxachev uchun bu g‘alaba qatorasiga 13-g‘alaba bo‘ldi. Pore uchun esa professional faoliyatidagi chempionlik janglarida uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
Fikrlar