Islom Maxachev: "UFC da shunday bir rekord borki, uni yangilash men uchun ham oson kechmaydi"

  • 26.08.2026 23:55
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC chempioni Islom Maxachev promoushen tarixidagi shunday bir ko‘rsatkichni tilga oldiki, uning fikricha, bu rekordni yangilash unga ham oson kechmasligi mumkin.

"UFC dagi 17 g‘alabali seriyamini kimdir yangilashi mumin. Chunki orqadan kelayotgan kuchli yigitlar juda ko‘p. Ular menga yaqinlashib qoldi, demasdim-ku, lekin 10 ta ketma-ket zafar quchgan MMA ustalari ham bor.

Bundan tashqari, men yangilashim mumkin bo‘lgan yana qaysi rekordlar borligini aniq bilmayman. Balki chempionlik janglari soni bo‘lishi mumkin. Lekin undagi raqamlar juda katta (16 ta – Jon Jonsga tegishli). Men chempionlikgacha 10 ta bahs o‘tkazganman, o‘sha rekord egasi esa ehtimol uchinchi-turtinchi jangidanoq kamar uchun oktagonga chiqqan. O‘ylashimcha, buni yangilash oson kechmaydi", — deya ta’kidladi Islom.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev UFC da yetti bor titul bahslarida ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!