Islom Maxachev Usmon Nurmagomedovning asosiy muammosini aytdi

  • 13 avgust, 2024, 15:56
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn toifasida (70 kg) amaldagi UFC chempioni rossiyalik Islom Maxachev Bellator chempioni, hamyurti va jamoadoshi Usmon Nurmagomedovning asosiy muammosini aytdi.

Tecno

Usmonning yagona muammosi – nazorat qilinishga muhtojligidadir. Kimdir uning intizomini, mashg‘ulotlar jadvalini kuzatib borishi shart, chunki u hali yosh. Shu bois Usmonning akalari va Xabib uni nazorat qilib turadi”, — deya Maxachevning so‘zlarini keltirdi Bloody Elbows portali.

Eslatib o‘tamiz, Usmon(17-0)ning navbatdagi jangi 7 sentabr kuni San-Diegoda (AQSh) Bellator turnirida Aleksandr Shabliy(24-3)ga qarshi bo‘ladi. Dastlab, Aleksandr Shabliy va Usmon Nurmagomedov 17 may kuni Parijda (Frantsiya) jang o‘tkazishi kerak edi, biroq Nurmagomedov jarohat olgani uchun bahs qoldirilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!