
Ispaniya mashg‘ulotlari nega yopiq tarzda o‘tkazildi?
Ispaniya Terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente jamoaning "Evro-2024" doirasidagi Italiya bilan o‘yin oldidan jamoa mashg‘ulotlarida OAV xodimlarini ishtirokiga ruxsat bermadi. Bu xaqida "AS" nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabar berishicha, murabbiy xujumchi Alvaro Morata, yarim ximoyachi Rodri va markaziy ximoyachi Emerik Lyaportlarning jismoniy tayyorgarligi xolatini yashirish maqsadida mashg‘ulotlar yashirin o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 20 iyun kuni Italiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi "Evro-2024" guruh bosqichining ikkinchi tur uchrashuvi Gelzenkirxendagi "Feltins-Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar