Ispaniya terma jamoasida o‘ynagan yulduz futboldan ketdi
Ispaniya terma jamoasi bilan ikki marta Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan mohir futbolchi Santi Kasorla professional faoliyatini yakunladi. Bu haqida uning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
41 yoshli futbolchi "Oviedo" bilan shartnomasi yakunlangach, professional futbolchi sifatidagi faoliyatini tugatishga qaror qildi. Aynan shu klubda uning katta futboldagi yo‘li boshlangan edi.
Kasorla muxlislarga yillar davomidagi qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorchilik bildirdi va karerasini ilk qadamlarini qo‘ygan jamoasida yakunlayotganidan mamnunligini ta’kidladi.
Faoliyati davomida ispaniyalik futbolchi "Arsenal", "Vilyarreal", "Malaga" hamda boshqa qator klublar sharafini himoya qildi. Ispaniya terma jamoasi tarkibida esa u 2008 va 2012 yillarda ikki karra Yevropa chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar