Ispaniyaning XXI asrdagi eng kuchli klubi aniqlandi

  • 14.11.2020 19:13
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya futbol tarixi va statistikasi tadqiqot markazi mamlakatning 21-asrdagi eng yaxshi jamoalarini aniqladi. Barcha musobaqalardagi ko‘rsatkichlariga ko‘ra, "Barselona" 3465 ochko bilan "Real"(3347) va "Atletiko"(2149) klublarini ortda qoldirib, birinchi pog‘onani band etdi.

Kataloniyaliklar La Liga va Ispaniya kubogida eng yaxshi natijani qayd etgan. "Qirollik klubi" esa, faqat Chempionlar Ligasida peshqadam. Ushbu davrda "blaugranas" unvonlar soni bo‘yicha ham etakchilik qilmoqda - 34, "blankos"da bu ko‘rsatkich 29 tani tashkil etmoqda.

Keyingi o‘yinlarda "Valensiya"(2139), "Sevilya"(1999), "Vilyarreal"(1648), "Atletik"(1405), "Deportivo"(1395), "Selta"(1164), "Espanol"(1144), "Betis"(1137), "Real Sosedad"(1108), "Malaga"(1035), "Xetafe"(1028), "Malorka"(1009) kabi jamoalar o‘rin olgan.

Reytingda klublarning 2000/01 - 2019/20 yillar oralig‘idagi o‘yinlari ko‘rib chiqildi va tahlilda Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi mezonlari inobatga olindi. Asosiy e’tibor yutilgan sovrinlarga emas, balki g‘alaba qozonilgan o‘yinlar soniga qaratildi - g‘alaba uchun 9 ochko, durang uchun 3 ochko berildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!