Italiya ot sporti federatsiyasi bilan hamkorlik borasida katta qadam tashlandi

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev Italiya ot sporti federatsiyasi prezidenti Marko Di Paoloning taklifiga binoan Rim shahrida 89-bor tashkil etilgan “CSIO Piazza di Siena - Master fratelli dʼInzeo” turnirida mehmon bo‘ldi.
 
Bahromjon Gaziyev safar doirasida qator rasmiy uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Otabek Akbarov, Italiya ot sporti federatsiyasi prezidenti Marko Di Paolo, Federatsiya Bosh kotibi Simone Perillo, Italiyada ot polosini rivojlantirish bo‘limi va ushbu sport jihozlari, anjomlarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya mutasaddilari bilan istiqbolli rejalarni muhokama qildi.

Muzokaralardan tomonlarning hamkorligini yana-da kuchaytirish, shuningdek, yilqichilik, ot sporti va polo bo‘yicha sohadagi ilg‘or hakam va murabbiylarni tayyorlash, mutaxassislar malakasini oshirish kabi mavzular o‘rin oldi.

Yuqori sifatli anjomlardan foydalanish ot sportida ham katta natijalarga erishishda ahamiyatli jihatlardan biri hisoblanadi. Bu borada sifatli kiyim va poyafzal ishlab chiqaruvchi “Loro Piana” va “DeNiro BootCo”, xavfsizlik uzangilari ishlab chiqaruvchi “SAFE RIDING” kabi brend mutasaddilari bilan ushbu kompaniya tovarlarini mamlakatimiz bozorlariga kiritish bo‘yicha hamkorlik rejalari belgilandi.

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!