
Italiyada yana bir markaziy uchrashuv noma’lum muddatga qoldirildi
Italiya kubogining yarim final javob bahsidan o‘rin olgan «Yuventus» – «Milan» uchrashuvi koronavirus sabab noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda A Seriya rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tashkilot Turin perefekturasida tarqalgan epidemiya sabab shunday qarorga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” – “Milan” bahsi 4 mart kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Fikrlar