Italiyaga qaytgan Shomurodov mashg‘ulotlarga kirishdi (foto)

  • 01.04.2021 18:21
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazgan Eldor Shomurodov yana klub ixtiyoriga qaytdi. Bu haqda "Jenoa"ning "Tvitter"dagi sahifasi ma’lum qildi.

"Milan Badel, Eldor Shomurodov va Mixa Zayts jamoaga qaytdi", - deya izoh qoldirdi genuyaliklar matbuot xizati. Ushbu futbolchilar FIFA kunlaridan foydalanib, o‘z terma jamoalari tarkibida bir necha o‘yinlarda maydonga tushgan edi.

"Grifonlar"ni oldinda ancha muhim bellashuvlar kutib turibdi. Jumladan, 3 aprel kuni "Fiorentina" "Luiji Ferraris" stadionida mehmon bo‘lsa, Ballardini shogirdlari shu oyning 11-sanasida "Yuventus", 18-sanasida esa, "Milan" klubiga qarshi o‘ynaydi.

Ma’lumot uchun, "Jenoa" Italiya A Seriyasi 28-turidan keyin 31 ochko to‘plagan holda, 13-o‘rinni band etib turibdi. Hamyurtimiz ushbu klub libosida umumiy 3 ta gol urgan va 2 bor jamoadoshlari goliga assist amalga oshirgan.

20210401_175345

20210401_175347

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!