Jahon chempionati-2026: O'zbek bokschisidan g'alaba
Budva (Chernogoriya) shahrida bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Qozog‘istonlik bokschi Amir Ramazan o‘zbek sportchisiga qarshi ringga ko‘tarildi.
75 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Amir Ramazanning raqibi O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Suhrob Rahmatullaev bo‘ldi. Uch raund davom etgan jang yakunida hakamlar bir ovozdan g‘alabani o‘zbekistonlik bokschiga berdi (5:0). Shu tariqa, Rahmatullaev musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi, Ramazan esa medallar uchun kurashni yakunladi.
19 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionati World Boxing homiyligi ostida o‘tkazilmoqda. Musobaqa 16 oktyabr kuni start olgan bo‘lib, 27 oktyabrga qadar davom etadi. Chempionlik uchun 69 ta milliy federatsiyadan kelgan 474 nafar sportchi bahs olib bormoqda.

Fikrlar