"Jahon chempionati U-20". Jamoamiz sardori nimchorak finalda o‘ynamaydi

  • 27 may, 2023, 13:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Gvatemala bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, nimchorak finalga chiqdi. 

Tecno

Terma jamoamiz sardori Umarali Rahmonaliev ushbu bahsning 40 daqiqasida hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi. Bu uning turnirdagi ikkinchi ogohlantirishi bo‘ldi. U Yangi Zelandiyaga qarshi ham ogohlantirilgandi. Afsuski, Rahmonaliev keyingi o‘yinda jamoaga yordam bera olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz keyingi bosqichda "S" guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan terma bilan bellashadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!