Jahon kubogi. Nodirbek Yakubboev - Javohir Sindarov o‘rtasidagi ilk bahsda durang qayd etildi
Ayni kunlarda Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqa ayni damda qizg‘in pallasiga kirdi. Bugun turnir yarim finalining dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbek derbisida Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboev durangga imzo chekkan bo‘lsa, Andrey Esipenko Vey I qarama-qarshiligida ham do‘stlik g‘alaba qozondi. Ertaga yarim finalning javob o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 2 000 000 AQSh dollarini tashkil etadi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari (1–3-o‘rin) 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan FIDE Nomzodlar turniriga yo‘llanma oladi.

Fikrlar