Jahon kubogi. Paradzyudochilarimiz musobaqaning ilk kunida 4 ta medalni qo‘lga kiritishdi

  • 22 fevral, 2020, 19:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek paradzyudochilarimiz Tbilisida bo‘lib o‘tayotgan Jahon kubogida ishtirok etishmoqda.

Tecno

Bugun -60 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Sherzod Namozov kumush, -66 kg vazndagi hamyurtimiz Uchqun Quranboev esa oltin medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqada -66 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan boshqa bir paradzyudochimiz Utkir Nigmatovga bronza medallari nasib etdi.

-73 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchimiz Feruz Saidov ham musobaqani kuchli uchlikda yakunladi va delegatsiyamiz hisobiga yana bir bronza medalni yozdirib qo‘ydi.

Tbilisidagi Jahon kubogida paradzyudochilarimiz qayd etayotgan natijalarni biz bilan birga kuzating.

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dastan Uteuliev
22/02/2020 23:05
Маладес!!! Енди машина, уй кайда???