Jahon kubogida paradzyudochilarimizga teng keladigani topilmadi

  • 24 fevral, 2020, 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Musobaqaning dastlabki kunida 4 ta medalni qo‘lga kiritgan paradzyudochilarimiz, bugungi bellashuvlarda yana 3 ta medalga sazovor bo‘lishdi.

Tecno

Hamyurtimiz Shirin Sharipov +100 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda shohsupaning eng yuqori o‘rnidan joy olgan bo‘lsa, Dovurxon Karamatov hamda Sharif Xalilov musobaqaning bronza medaligini qo‘lga kiritdi.

Yakunda 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Paradzyudo bo‘yicha IBSA Jahon kubogi, Tbilisi, Gruziya

-66 kg | Uchqun Quranboev – oltin medal
100 kg | Sharipov Shirin – oltin medal
-60 kg | Sherzod Namozov – kumush medal
-66 kg | O‘tkir Nigmatov – bronza medal
-73 kg | Feruz Saidov – bronza medal
-81 kg | Dovurxon Karamatov – bronza medal
-100 kg | Xalilov Sharif – bronza medal

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!