Jalgasboy Berdimuratov bronza medali sohibi
Hozirgina o‘z yakuniga etgan yunon-rum kurashi bo‘yicha 77 kg da bronza uchun kechgan bahsda hamyurtimiz qozog‘istonlik Asxat Dilmuxammedovni mag‘lubiyatga uchratib, terma jamoamiz hisobiga navbatdagi medalni qo‘shib qo‘ydi. Qolaversa, avvalroq Tokio Olimpiadasiga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritganligidan xabaringiz bor. Demak, yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamizda bitta kumush hamda ikkita bronza medali bo‘ldi. Afsuski, Elmurat Tasmuradov eronlik Ali Rizo Nejatiga 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar