Jamoa kelajagiga ishonmagan superyulduz Madridni tark etadigan bo‘ldi

  • 23 oktabr, 16:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi  Xulian Alvares jamoa kelajagiga ishonmay qo‘ydi. Argentinalik yulduzda Diego Simeone boshqarayotgan loyiha muvaffaqiyatiga shubha uyg‘ondi.

Tecno

Diario Sport nashrining yozishicha, Alvares agar hozirgi jamoasi tarkibida sovrinlar uchun kurashish imkoni bo‘lmasa, vaqtida boshqa klubga o‘tishni ma’qul ko‘rmoqda.

“Atletiko” Evropa Chempionlar ligasi umumiy guruhining uchinchi turida Londonda “Arsenal”dan 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Shundan so‘ng, argentinalik jahon chempionatida jamoaning kelajagiga bo‘lgan shubha kuchayib ketgan.

25 yoshli hujumchi atrofidagi vaziyatni “Barselona” kuzatib bormoqda. Yoshi o‘tib qolgan Robert Levandovski o‘rniga boshqa to‘purar qidirayotgan kataloniyaliklar transfer nishonlari ro‘yxatiga Xulian Alvaresni ham qo‘shib qo‘ygan.

Agar Diego Simeone o‘z hamyurtini Madridda qolishga ko‘ndira olmasa, “Atletiko” Alvaresning transferidan mo‘may daromad ishlab olishga harakat qiladi.  Transfermarkt portali bu o‘yinchini 100 million evroga baholagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!