
Jamoasini uyaltirib qo‘ygan Ronaldu o‘zini qanday oqladi?
“An-Nasr” futbolchilari Saudiya Arabistoni kubogi nimchorak uchrashuvini o‘z maydonida o‘tkazib, “At-Taavun”dan 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvning kulminatsion nuqtasi o‘yinning oxirgi daqiqalariga to‘g‘ri keldi. Krishtianu Ronaldu o‘yin yakunlanishi arafasida penaltidan adashdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqara olmadi.
O‘yindan keyin Krishtianu Ronaldu o‘z munosabatini bildirdi.
- Har bir sinov – keyingi o‘sish uchun yangi imkoniyatdir, - deb yozdi 39 yoshli yulduz o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
Portugaliyalik yulduz joriy mavsumda riyodliklar tarkibida 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, to‘qqizta gol va uchta assist qayd etgan.
Fikrlar