
Jamshid Iskanderov variantlari ko‘p bo‘lsada nega “Navbahor”da qolganini aytdi (Video)
Namaganning “Navbahor” jamoasi yarim himoyachisi – Jamshid Iskanderov “Dangal” loyihasida mehmon bo‘lganidan xabaringiz bor. Qizg‘in o‘tgan suhbat davomida futbolchi ishqibozlarni qiziqitrgan ko‘plab savollarga javob berdi.
Aytingchi, sizda variantlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, nega “Navbahor”da qolishni afzal ko‘rdingiz? Kontrakt tugagan va ketish imkoniyatiga ega edingiz?!
- Ochig‘i, Namanganda kam bo‘lganim yo‘q. Nafaqat moliyaviy tomondan, balki ruhan ham ozimni bu erda yaxshi his qildim. Ortda qolgan bir yil ichida hech bir aspektda boshqa klubdagi futbolchilardan ortda qolganimiz yo‘q. Qolganimning yana bir sababi – bu “lochinlar”da maqsad bor ekanligi. OChL guruh bosqichida to‘p surish va mamlakat chempionligi uchun kurash olib bormoqchimiz. Bu ishni amalga oshirish maqsadida yaxshi darajadagi futbolchilar jamoaga taklif etilmoqda. Yillar o‘tgach, “Navbahor” jamoasi ishqibozlari meni xotirlashlarini istayman. Klub tarixda o‘z izimni qoldirmoqchiman.
To‘liq intervyuni tomosha qilishni tavsiya etamiz. Unda, futbolchi karerasi davomidagi ko‘plab muammolarga duch kelgani, “Paxtakor” bilan sudlashgani va boshqa ko‘plab siz hali eshitmagan voqealarni izohlab bergan.
Fikrlar