Jamshid Saidov: "Murabbiy uchun birinchi navbatda natija muhim"

  • 2 noyabr, 2023, 22:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” – “Andijon” (3:0) o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov savollarga javob qaytardi.

Tecno

- Nima deyishim mumkin? Bu o‘yinning natijasi qanchalik muhim ekanini yaxshi tushunib etgan holda harakat qildik va futbolchilarni shunga ruhan tayyorlagandik. “Olimpik” bilan uchrashuvdan so‘ng ushbu bahsning natijasi juda ahamiyatli edi. Yigitlar shunga yarasha astoydil harakat qilishdi. O‘yinchilarga rahmat aytaman. Vaziyatni to‘g‘ri tushunishdi hamda g‘alaba uchun harakat qilishdi. Oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarganliklari bois futbolchilarimizdan mamnunman.

- Hisob 3:0 bo‘lishini kutmaganmidingiz?

- Murabbiy uchun birinchi navbatda natija muhim deb o‘ylayman. Omadli o‘yin va kerakli paytlardagi yaxshi harakatlarimiz ijobiy natijaga olib keldi. Kutmagandim deya olmayman. To‘g‘risi, g‘alabamizni ko‘proq kutgandim. Chunki yigitlarni uch ochkoni qo‘lga kiritishlari uchungina tayyorlagandik.

- Akaki Shulaya o‘tgan turda qizil kartochka olgandi, bugun maydonga tushdi. Jamoa apellyatsiya berganmidi? Umuman, bu vaziyat haqida to‘xtalsangiz.

- U bizning asosiy o‘yinchilarimizdan biri hisoblanadi. “Olimpik”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng darhol apellyatsiya berib uni maydonga qaytarishga harakat qildik. O‘sha vaziyatda aslida shubhali holat bo‘lgandi. Shuning uchun apellyatsiya berdik va ijobiy natija oldik. Bugungi uchrashuvdagi g‘alabamizda uning foydasi tegdi.

- Kuxianidzening jarohati jiddiy emasmi?

- U bilan hali jiddiy gaplashganim yo‘q. O‘zi bilan suhbatlashganimdan keyin xulosaga kelaman. O‘ylaymanki, qayta tiklanish uchun unga bemalol vaqt etadi. Yana ikkita o‘yimiz bor va maksimal darajada tayyorgarlik ko‘ramiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!