Jastin Getji Habib va Islomdan kuchliroq
Ozarbayjonlik UFC jangchisi Rafael Fiziev 70 kg vazn toifasida amaldagi chempion Jastin Getji haqida iliq gaplar aytdi.
"Kechirasizlar, lekin men Jastinni ba'zi jihatlarda Xabib va Islomdan yuqoriga qo'ygan bo'lardim. Ha, Nurmagommedov va Maxachev ko'plab jangchilarni mag'lub etishdi. Biroq ular Getji kabi uzoq yillardan beri TOP-5 dami? Getji necha yildan buyon kuchli 5 talikda? Ayting-chi, qachondan beri?! U har bitta jangida bonus olganini ham bilasizmi? Ha, Xabib va Islom ajoyib yutuqlarga erishdi, biroq Getji ham katta ishlarni amalga oshirdi", – dedi Fiziev "Sport24" portaliga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, Jastin 2017 yil iyul oyidan buyon UFC ning engil vazn toifasida TOP-5 talikda turibdi.

Fikrlar