JCh-2022. Devis tarixiy gol muallifiga aylandi

  • 27 noyabr, 2022, 22:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Xorvatiya - Kanada bellashuvida nominal mehmonlar yulduzi Alfonso Devis hisobni ochdi.

Tecno

2-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etgan "Bavariya" himoyachisi bu orqali Kanada milliy terma jamoasining Jahon chempionatlari tarixidagi ilk goli muallifiga aylandi. 

Shimoliy Amerikaliklar o‘z tarixida ikkinchi bor mundialda ishtirok etmoqda. Ular birinchi marta 1986 yilda Meksika mezbonlik qilgan Jahon chempionatida qatnashgan, ammo gol urolmagan.

Jon Xerdman shogirdlari Qatar-2022 ilk turida Belgiya darvozasini ham ishg‘ol etolmagandi. O‘shanda aynan Devisning 11 metrlik nuqtadan bergan zarbasini Kurtua qaytargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!