JCh oldidan Portugaliya terma jamoasida jiddiy yo‘qotish

  • 8 oktabr, 2022, 13:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vulverxemton" safida Angliya Premer ligasida to‘p tepayotgan portugaliyalik hujumchi Pedro Netu JCh-2022da terma jamoasiga yordam bermaydi.

"Bo‘rilar" matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22 yoshli hujumchi to‘pig‘idan jarohat olgan, shu sababli u jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘ladi. Bu esa futbolchining jahon chempionatidagi ishtirokini cheklaydi.

Joriy mavsumda Netu “Vulverxempton” tarkibida 9 ta o‘yinda maydonga tushgan. Portugaliya terma jamoasi safida esa uchta o‘yinda bitta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, Qatardagi jahon chempionati 20 noyabr kuni boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!